
ILMIY - ELEKTRON JURNAL
08.00.00 - Iqtisodiyot yo`nalishida
OAK ro`yxatida
2026-yil, 1-son
Maqolalar soni - 15 ta
Ilmiy maktablarimiz
Gulyamov Saidahror Saidahmedovich

|
|
Gulyamov Saidahror SaidahmedovichIqtisodiyot fanlari doktori, akademik |
Gulyamov Saidahror Saidahmedovich 1947-yil 25-iyunda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1964-yilda maktabni oltin medal bilan tamomlagan. Iqtisodchi olim. 1969-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tugatgan. 1973-yili G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetida fan nomzodligi, hamda 1981-yili M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida iqtisod fanlari doktori ilmiy darajalarini olish uchun dissertatsiyalarni himoya qilgan.
Abdullayev Yorqin
|
|
Abdullayev Yorqin AbdullayevichIqtisodiyot fanlari doktori, professor.O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.Oliy taʼlim aʼlochisi. |
Professor Abdullayev Yorqin Abdullayevich “Statistika” yo‘nalishida o‘zining ilmiy maktabini yaratgan yetakchi iqtisodchi olim hisoblanadi. U 5 nafar fan doktori va 17 nafar fan nomzodini tayyorlab, respublikamizda ilmiy- pedagogik kadrlarni tayyorlashga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.
Begalov Bahodir Abdusalomovich

|
|
Begalov Bahodir AbdusalomovichIqtisodiyot fanlari doktori, professor.
|
B.A. Begalov 1968-yilda Toshkent viloyatining Bekobod shahrida tug‘ilgan. 1985-yilda o‘rta maktabni oltin medal bilan tugatgan.1992-yili Moskva iqtisod-statistika institutini muvaffaqiyatli tugatgan. 1996-yilda Moskva moliya-iqtisod instituti kunduzgi aspiranturasini tugatib, “Исследование и разработка алгоритмов и технологий компьютеризированной реклами (на примере информационних продуктов и услуг)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
G‘ayibnazarov Bahodir Karimovich
|
|
G'oyibnazarov Bahodir KarimovichIqtisodiyot fanlari doktori, professor. |
Bahodir G‘oyibnazarov 1971-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, maʼlumoti – oliy, 1994-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini imtiyozli diplom bilan, 2013-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini muvaffaqiyatli tamomlagan, mutaxassisligi – iqtisodchi, davlat boshqaruvi. Iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Xaydarov Nizamiddin Xamrayevich

|
|
Xaydarov Nizamiddin XamrayevichIqtisodiyot fanlari doktori, professor. |
Xaydarov Nizamiddin Xamrayevich 1962-yilda tug‘ilgan. 1988-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutining “Moliya va kredit” mutaxassisligini tamomlagan. 1993-yilda «Finansovoye obespecheniye investitsionnoy deyatelnosti predpriyatiya» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini Sankt-Peterburg Iqtisod va moliya universitetida himoya qilgan.
Habibullayev Ibrohim Habibullayevich
|
|
Habibullayev Ibrohim HabibullayevichTexnika fanlari doktori, professor. |

Profesor Ibrohim Habibullayevich Xabibullayev “Yer osti suvlari harakati” jarayonlarini matematik modellashtirish va “Iqtisodiyotda matematik statistik usullar” yo‘nalishidagi ilmiy maktab yaratgan olim hisoblanadi. Ushbu maktablarda professor I.H.Xabibullayev 1ta fan doktori, 4ta fan nomzodiga ilmiy rahbarlik qilib ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
Ataniyazov Baltabay
|
|
Ataniyazov BoltaboyIqtisodiyot fanlari doktori, professor |
Ataniyazov Baltabay 1948-yilda tug‘ilgan. 1970-yilda A.Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining mexanika-matematika fakultetini matematika mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. 1978-yilda sobiq SSSR FA Markaziy iqtisod-matematika institutida “Suvdan oqilona foydalanish muammolari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 1994-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kibernetika institutida “Ekologik-iqtisod tizimlarini boshqarish (O‘zbekiston sug‘oriladigan dehqonchiligi misolida)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Nabiyev Xamidulla
|
|
Nabiyev XamidullaIqtisodiyot fanlari doktori, professor |
Professor Nabiyev Xamidulla 1941-yilda Toshkent shaxrida tug‘ilgan, maʼlumoti oliy, 1965-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini imtiyozli diplom bilan tamomlagan, mutaxassisligi buxgalteriya hisobi va audit.
Toshmatov Zoyir Xudayberganovich
|
|
Toshmatov Zoyir XudayberganovichIqtisodiyot fanlari doktori, professor
|
Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Toshmatov Zoyir Xudayberganovich 1949-yilda tug‘ilgan, maʼlumoti – oliy, 1973-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini imtiyozli diplom bilan tamomlagan, mutaxassisligi – iqtisodchi matematik. Iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Shadiyev Xamid Azimovich
|
|
Shadiyev Xamid AzimovichIqtisodiyot fanlari doktori, professor
|
Iqtisod fanlari doktori, professor Shadiyev Xamid Azimovich 1951-yilda tug‘ilgan, maʼlumoti – oliy, 1972-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi instituti (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti)ni “Statistika” mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli diplom bilan tamomlagan.









